To‘rt nafar yengil atletikachimiz Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga litsenziya oldi

Sport

Butunjahon yengil atletika federatsiyasi Parij-2024 litsenzion sikli yakunlangani va reyting orqali 4 yillikning eng nufuzli musobaqasiga yoʻl olgan sportchilar nomini eʼlon qildi, deb xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.

To‘rt nafar yengil atletikachimiz Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga litsenziya oldi
Unda Oʻzbekiston terma jamoasining 4 nafar aʼzosi Anvar Anvarov (uzunlikka sakrash), Yekaterina Voronina (koʻpkurash), Safina Sadullayeva (balandlikka sakrash) va Sharifa Davronova (uch hatlab sakrash) reyting orqali Parij-2024 ishtirokchilari qatoridan joy olishdi.

Shu tariqa, yengil atletikachilarimizning boʻlajak Olimpiya oʻyinlariga qoʻlga kiritgan yoʻllanmalari 5 tani tashkil qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlari ochilishiga atigi 18 kun qoldi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing