To‘rtta mahalliy tizim va yiliga 28 nafar mutaxassis: Navoiyda “MPS Turon” markazi ishga tushdi
O'zbekiston
Navoiy viloyatida temir yo‘l sohasiga zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish uchun mutaxassislar tayyorlashga mo‘ljallangan “MPS Turon” o‘quv-amaliyot markazi foydalanishga topshirildi. Markaz Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali tarkibidagi Navoiy signallashtirish va aloqa masofasi negizida tashkil etilgan.
Loyiha “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisining “MPS Turon” tizimini yanada kengaytirish hamda o‘quv markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosi doirasida amalga oshirildi. Markazning ochilish marosimida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Yoshlar va ijtimoiy loyihalar boshqarmasi boshlig‘i A.A. Umaraliyev hamda Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli boshlig‘i S.S. Asrorov ishtirok etdi.
Markazda zamonaviy temir yo‘l texnologiyalarini o‘rganish, amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash va malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Ta’lim jarayonida mahalliy mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan MPS Turon, MPAB Turon, DTS Turon va MAPS Turon tizimlarini temir yo‘l tarmog‘iga joriy etish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.
Markazning yillik tayyorlash quvvati 28 nafar mutaxassisni tashkil etadi. Shundan 8 nafari dasturchi, 20 nafari montaj elektromexanigi bo‘ladi.
Markazning tashkil etilishi temir yo‘l sohasini raqamlashtirish, zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish va mahalliy dasturiy yechimlardan samarali foydalanishga qaratilgan ishlarning bir qismidir.

Powered by Froala Editor