Toshkent metrosining to'qqizta bekatida hojatxonalar quriladi

O'zbekiston

Poytaxt metrosining eng gavjum to'qqiz bekatida hojatxonalar va ona-bola xonalari paydo bo'ladi. Ushbu qaror, yaqinda bir yo'lovchi bekat platformasida hojatini chiqarganidan so'ng qabul qilindi.

Toshkent metrosining to'qqizta bekatida hojatxonalar quriladi
Avvalroq, 2022 yilning yanvar oyida Toshkent metrosida hojatxonalar o'rnatish rejalashtirilgani e'lon qilingan edi. 2022 yilning fevral oyida birinchi sinov hojatxonasi Chilonzor bekatida o'rnatildi, biroq keyinchalik bu loyiha to'xtatib qo'yildi.

Oradan ikki yil o'tgach, joriy yilning 8-noyabr kuni Metropoliten ma'muriyati sinov loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshganini tasdiqladi. Natijada, to'qqiz bekatda hojatxonalar va ona-bola xonalarining qurilish ishlari boshlandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing