Toshkent nega tutun ichida: asosiy manbalar aniqlandi
O'zbekiston
IQAir ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkentdagi havo bir emas, bir nechta omillar ta’sirida ifloslanadi. Yozda asosiy manba — tabiiy chang bo‘lib, uning ulushi 36 foizga yetadi. Qurg‘oqchil iqlim, sahrolardan esadigan shamollar va tog‘lar changning havoda tarqalishiga to‘sqinlik qiladi.
Qishda esa vaziyat keskin yomonlashadi. Xonadonlar va issiqxonalarda ko‘mir hamda mazut yoqilishi PM2.5 miqdorining oshishiga sabab bo‘lib, umumiy ifloslanishning 28 foizini tashkil etadi.
Transportning hissasi taxminan 16 foizga teng. Bunga asosan eskirgan avtomobillar va sifatsiz yoqilg‘i sabab bo‘lmoqda.
Sanoat korxonalari va elektr stansiyalari yana 13 foiz ifloslanish manbayini tashkil etadi.
Mutaxassislarga ko‘ra, ob-havo ham muhim rol o‘ynaydi. Kuchsiz shamol va temperaturaviy inversiyalar tufayli ifloslangan havo yuqoriga ko‘tarilmaydi va shahar ustida “qamalib qoladi”. Bu esa ekologik vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqda.

Powered by Froala Editor