Toshkent va Boku Hisob palatalari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda
O'zbekiston
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva Ozarbayjon Respublikasi Hisob palatasi raisi Vyugar Gulmamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida tomonlar ikki davlatning oliy moliyaviy nazorat organlari o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini ta’kidladi. Avval imzolangan hamkorlik memorandumi tajriba almashish va qo‘shma tashabbuslarni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi.
Uchrashuvda Hisob palatalari tomonidan olib borilayotgan tahliliy va nazorat tadqiqotlari parlament faoliyati bilan chambarchas bog‘liq ekani ta’kidlandi. Ushbu tahlil natijalaridan foydalanish parlament nazoratini kuchaytirish va davlat dasturlarining samarali amalga oshirilishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Tomonlar davlat va hududiy byudjetlarni shakllantirishda tahlil natijalaridan foydalanish, kamchiliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tavsiyalar ishlab chiqish, shuningdek nazorat tizimlarini raqamlashtirish masalalarini ham muhokama qildi.
Shuningdek, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan preventiv mexanizmlarni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Ozarbayjon parlamentlari hamda Hisob palatalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va tajriba almashuvini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Powered by Froala Editor