Toshkent va "Gazprom neft" hamkorlikni kengaytirmoqda
O'zbekiston
Toshkentda 8-iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaning "Gazprom neft" kompaniyasi boshqaruvi raisi Aleksandr Dyukov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Neft-gaz sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha istiqbolli rejalar asosiy mavzu bo‘ldi. Muhokama avvalroq tomonlar o‘rtasida imzolangan "yo‘l xaritasi"ni amalga oshirish doirasida bo‘lib o‘tdi.
Geologiya-qidiruv sohasidagi qo‘shma tashabbuslar, texnik murakkabligi yuqori bo‘lgan konlarni o‘zlashtirish, sohani raqamli transformatsiya qilish va zamonaviy mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuvda ishlab chiqarish va texnologik sheriklikni kengaytirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani tasdiqlandi.

Powered by Froala Editor