Toshkent xalqaro Vestminster universiteti an’anaviy mehnat yarmarkasini o‘tkazdi
O'zbekiston
2026-yil 22-aprel kuni Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida an’anaviy “Mehnat yarmarkasi - 2026” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir universitetning nafaqat amaldagi talabalari, balki bitiruvchilari uchun muhim platforma bo‘lib, ularga kasbiy rivojlanish uchun keng imkoniyatlar yaratdi.
Joriy yilda yarmarka 16-marotaba o‘tkazilib, 3000 nafardan ortiq ishtirokchi va 150 dan ziyod ish beruvchini bir joyga jamladi. Tadbirda yirik kompaniyalar, davlat muassasalari, banklar, agentliklar, xalqaro tashkilotlar va jamg‘armalar qatnashdi. Ishtirokchilar kompaniya vakillari bilan bevosita muloqot qilish, rezyumelarini taqdim etish va dastlabki suhbatlardan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
TXVUning Karyera rivojlantirish va bitiruvchilar bilan ishlash markazi ma’lumotlariga ko‘ra, universitet bitiruvchilarining 97 foizi universitetni tamomlaganidan keyin olti oy ichida ish bilan ta’minlanadi, qolganlari esa magistratura bosqichida ta’limni davom ettiradi.
TXVUning “Mehnat yarmarkasi” yillar davomida yoshlar bandligini ta’minlashga xizmat qilib kelayotgan samarali tashabbuslardan biri bo‘lib, Karyera rivojlantirish va bitiruvchilar bilan ishlash markazi faoliyatining muhim qismidir. Universitet talabalar va mehnat bozori o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashda davom etib, O‘zbekiston va xalqaro mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlamoqda.

Powered by Froala Editor