Toshkent yer usti metro liniyasi ostidagi tijorat binolari sotiladi
O'zbekiston
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga koʻra, ushbu binolarni sotib olish yoki ijaraga olish narxi turar-joy majmualarining birinchi qavatlaridagi noturarjoy obyektlariga nisbatan ancha hamyonbop bo‘ladi.
Toshkent shahridagi metroning yer usti liniyalari ostidagi tijorat binolari sotiladi yoki ijaraga beriladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yer usti metro liniyalari ostidagi foydalanilmayotgan yerlarning umumiy maydoni 100 ming kvadrat metrni tashkil etib, uning kamida 50 foizi tadbirkorlar uchun qo‘shimcha daromad nuqtasiga aylanishi mumkin.
“Ushbu binolarni sotib olish yoki ijaraga olish narxi turar-joy majmualarining birinchi qavatlaridagi noturarjoy obyektlariga nisbatan ancha hamyonbop bo‘ladi”, deyiladi xabarda.
Sinov tariqasida o‘tgan yilning o‘rtalarida 2-metro bekati yaqinida tijorat binolari ochilgan. Loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilgach, uni 3- va 4-stansiyalar oralig‘ida — aholi zichroq joylashgan hududlarda amalga oshirishga qaror qilingan.
Keyinchalik birinchi bosqichda “Rohat” aylanma yo‘ligacha, ikkinchi bosqichda esa “Rohat” aylanma yo‘lidan “Qo‘yliq” bozorigacha bo‘lgan ob’yektlar tashkil etish rejalashtirilgan.

Powered by Froala Editor