Toshkentda 10-iyun kuni ko‘chalar vaqtincha yopiladi
O'zbekiston
Futbol bo‘yicha Jahon chempionati saralashidan o‘rin olgan O‘zbekiston va Qatar terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 10-iyun kuni soat 16:00 dan Toshkentda o‘tkazilishi munosabati bilan tadbir yakuniga qadar bir qator ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklanadi.
Poytaxt rasmiylariga ko‘ra, transportning to‘liq yopilishi quyidagi holatlarda amal qiladi:
Quyidagi ko‘chalarda esa qisman cheklanadi:
Fuqarolarga yo‘nalishlarni oldindan rejalashtirish va aylanma yo‘llardan foydalanish qat’iy tavsiya etildi.
- Chilonzor va Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan, Cho‘ponota ko‘chasi bo‘ylab, Cho‘ponota va Qatortol ko‘chalari kesishgan chorrahagacha bo‘lgan qismi;
- Chilonzor va KXAY ko‘chalari chorrahasidan, Chilonzor ko‘chasi bo‘ylab, Chilonzor va Muqimiy ko‘chalari kesishgan chorrahagacha bo‘lgan qismi;
- Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasi: KXAYdan Muqimiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.
Quyidagi ko‘chalarda esa qisman cheklanadi:
- Alisher Navoiy—Furqat ko‘chalari chorrahasidan;
- Sebzor—Ganga ko‘prigidan Furqat ko‘chasi tunnelga tushishdan;
- Zarqaynar ko‘chasi tunnelga tushishdan;
- Bunyodkor ko‘chasi Kamolon ko‘prigi ostidan;
- Bunyodkor ko‘chasi 2-darajali asosiy yo‘lga chiqish Ozarbayjon elchixonasi asosiy yo’lga chiqishdan;
- Qatortol—Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan;
- Chilonzor—Cho’ponota ko’chalari chorrahasidan;
- Bunyodkor—KXAY ko‘chalari chorrahasidan;
- Bunyodkor 2-darajali yo’li—Qatortol ko’chalari chorrahasidan;
- Chilonzor—Cho’ponota ko’chalari chorrahasidan cheklanadi;Bunyodkor—Gavhar ko’chalari chorrahasidan;
- TXAY—Bunyodkor ko’chalari chorrahasidan;
- Erkin YPX maskanidan og‘ir yuk mashinalari cheklanadi;
- Cho‘ponota—Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasidan;
Fuqarolarga yo‘nalishlarni oldindan rejalashtirish va aylanma yo‘llardan foydalanish qat’iy tavsiya etildi.
Powered by Froala Editor