Toshkentda Belarus prezidentini kutib olish marosimi bo‘lib o'tdi
Siyosat
Ikki davlat yetakchisi oliy darajadagi muzokaralarni boshladi.
“Ko‘ksaroy” qarorgohida Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoni rasmiy kutib olishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston va Belarus bayroqlari bilan bezatilgan maydonda Aleksandr Lukashenko sharafiga faxriy qorovul saf tortgan. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus yetakchisini samimiy kutib olgan va shohsupaga taklif qilgan. Ikki mamlakat madhiyalari yangragan.
Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutlagan.

Powered by Froala Editor