Toshkentda “Raqamli transformatsiya va hamkorlik” mavzusida Plas-forum bo‘lib o‘tadi

O'zbekiston

2024-yilning 12–13-iyun kunlari Toshkent shahrida “Raqamli transformatsiya va hamkorlik” mavzusida Plas-forum bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkentda “Raqamli transformatsiya va hamkorlik” mavzusida Plas-forum bo‘lib o‘tadi
Qayd etilishicha, forum O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi hamda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan tashkil etilmoqda.

Forumda, jumladan, bank va moliya sohasi mutaxassislari, nazorat qiluvchi organlar, AT, chakana savdo va boshqa yo‘nalishlar vakillari asosiy ma’ruzachilar qatorida so‘zga chiqadi.

Sessiyalar dasturi bank biznesini yanada rivojlantirish va raqamlashtirish, Markaziy Osiyo mamlakatlarida islom moliyasi va islom bankingi, kriptosanoat, elektron tijoratning hozirgi holati, venchur kapital bozorini rivojlantirish va boshqa mavzularga oid masalalarni qamrab oladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing