Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti forumining XIX yig'ilishi boshlandi

O'zbekiston

Bugun Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti forumining XIX yig'ilishi o'z ishini boshladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" axborot agentligi.

Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti forumining XIX yig'ilishi boshlandi
Tadbir O'zbekiston raisligida Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan tashkil etilmoqda. Forum "Yangi sharoitlarda ShHTning roli: umumiy xavfsizlik, barqarorlik va farovonlik yo'lidagi sa'y-harakatlarni birlashtirish" mavzusida bo'lib o'tmoqda.

Unda dunyoning 10 mamlakatidan 40 dan ziyod ekspertlar, jumladan, ShHTga a'zo davlatlar milliy tadqiqot markazlarining vakillik delegatsiyasi, ShHTda kuzatuvchi davlatlar va tashkilotlarning muloqot bo'yicha hamkorlari mutaxassislari, ShHT Kotibiyati rahbariyati va ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo'mitasi rahbariyati ishtirok etmoqda.

Tadbir kun tartibi ShHT doirasidagi hamkorlikning ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan uchta — asosiy sessiya, zamonaviy rivojlanish bosqichida ShHT samaradorligini oshirish va SHHT forumi faoliyatini takomillashtirish istiqbollari muhokamasini o'z ichiga oladi.

Forum yakunida ShHTga a'zo davlatlarning tadbir kun tartibidagi masalalar bo'yicha yondashuv va qarashlari aks etgan yig'ilish Bayonnomasi imzolanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing