Toshkentda xalqaro moliyaviy markaz va arbitraj tashkil etiladi
O'zbekiston
Toshkentda xalqaro moliyaviy markaz va tijorat arbitraji tashkil etiladi. Yangi tizim investorlar huquqlarini himoya qilish va investitsiyalarni jalb etishga xizmat qiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2026 yil 30 martdagi farmoniga muvofiq, Toshkent xalqaro moliyaviy markazi tashkil etiladi.
Markaz tarkibida Toshkent xalqaro tijorat arbitraji faoliyat boshlaydi. U birinchi instansiya va apellyatsiya sudlaridan iborat bo‘ladi. Ushbu tizim biznes nizolarini samarali hal etish va investorlar huquqlarini himoya qilishga xizmat qiladi.
Markaz hududida maxsus huquqiy rejim joriy etiladi. Boshqaruv organlariga ayrim sohalarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish vakolati beriladi.
Shuningdek, hududda Angliya va Uels umumiy huquqi hamda adolat tamoyillari to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llaniladi. Bu xalqaro investorlar ishonchini oshirishga qaratilgan.
Markazda moliyaviy, investitsion va bank xizmatlari, sug‘urta, qimmatli qog‘ozlar bozori, to‘lov tizimlari, raqamli aktivlar, islomiy va “yashil” moliya, shuningdek fintex yo‘nalishlari rivojlantiriladi. Audit, konsalting va yuridik xizmatlar uchun ham sharoit yaratiladi.
Mazkur tashabbus investitsion muhitni yaxshilash va moliya xizmatlari bozorini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Powered by Froala Editor