Toshkentda xalqaro yarim marafon 24 mingdan ortiq ishtirokchini birlashtirdi

Sport

6-sentabr kuni poytaxtda Tashkent International Half Marathon xalqaro yarim marafoni bo‘lib o‘tdi. 5 km va 21,097 km masofalardagi yugurishlar 24 mingdan ortiq ishtirokchini birlashtirdi.

Toshkentda xalqaro yarim marafon 24 mingdan ortiq ishtirokchini birlashtirdi
Musobaqaning rasmiy ochilish marosimida mamlakat rahbariyati vakillari ishtirok etdi. Unda O‘zbekistonda ommaviy sport yildan yilga rivojlanib borayotgani, bunday musobaqalar esa aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

Musobaqa ishtirokchilari ikki yo‘nalishda start oldi: 5 km masofaga yugurish va klassik yarim marafon — 21,097 km. Bellashuvlar yakunida erkaklar va ayollar o‘rtasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

5 km masofaga yugurishda erkaklar o‘rtasida Eldor Botirov birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rin Ruslan Xadjievga, uchinchi o‘rin esa Behruz Shavkatovga nasib etdi.

Ayollar o‘rtasidagi 5 km yugurishda Alina Hakimova g‘olib bo‘ldi. Maftuna Ahmedova ikkinchi, Kamola Ablaeva uchinchi o‘rinni egalladi.

21,097 km masofadagi yarim marafonda erkaklar o‘rtasida Andrey Petrov birinchi bo‘ldi. Hasan Mirsoatov ikkinchi, Baxtiyor Utkurov uchinchi o‘rinni egalladi.

Ayollar o‘rtasidagi yarim marafonda birinchi o‘rinni Marjona Ahmadaliyeva egalladi. Sadafbonu Nusratulloyeva ikkinchi, Arofatxon Imomaliyeva uchinchi bo‘ldi.

Tashkent International Half Marathon 24 mingdan ortiq ishtirokchini jamlagan yirik ommaviy sport tadbiriga aylandi. Ikki masofadagi yugurishlar havaskor yuguruvchilar va sportchilarni birlashtirdi. Musobaqaning o‘tkazilishi O‘zbekistonda ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida qayd etildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing