Toshkentda yana bir yangi loyiha

O'zbekiston

Poytaxtning markaziy qismida joylashgan Qorasaroy ko‘chasida tez orada noyob loyihalar ro‘yobga chiqadi – u yerda Buxoro, Nishapur, Bag‘dod, Basra, Samarqand, Isroilning qadimiy shahri Quddus (Yerusalim), shuningdek, musulmon dunyosining ikki muqaddas shahri – Makka va Madinaning mashhur inshootlariga o‘xshash arxitektura namunalarining nusxalari qad rostlaydi.

Toshkentda yana bir yangi loyiha
Loyiha doirasida Qorasaroy ko‘chasi to‘liq piyodalar hududiga aylantiriladi. Avtomobillar uchun esa alohida yerosti yo‘li (tonnel) qurilishi rejalashtirilgan.

Bu tashabbus nafaqat shaharning zamonaviy qiyofasini boyitadi, balki madaniy merosni qadrlash va uni zamonaviy hayot bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi. Shu orqali Toshkent nafaqat zamonaviy megapolislarga xos qulayliklarni taklif etadi, balki o‘z tarixiy ildizlarini ham unutmasligini ko‘rsatmoqda.

Qorasaroy endilikda oddiy ko‘cha emas, balki tarix, madaniyat va islom sivilizatsiyasi bilan to‘qnash keladigan makon aylanadi

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing