Toshkentda yashovchi doimiy aholi soni 3 milliondan oshdi

O'zbekiston

Poytaxt aholisi soni ilk bor 1960-yilda 1 million, 1985-yilda 2 million, hozirgi kunga kelib 3 milliondan oshdi.

Toshkentda yashovchi doimiy aholi soni 3 milliondan oshdi
2023-yil 1-oktyabr holatiga Toshkent shahrida yashovchi doimiy aholi soni 3 mln 20,5 ming kishini tashkil etgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, shundan erkaklar - 1,4 mln kishini, ayollar - 1,5 mln kishini tashkil etgan.

Poytaxt aholisi soni ilk bor 1960-yilda 1 million, 1985-yilda 2 million, hozirgi kunga kelib 3 milliondan oshdi.

Bundan oldin Toshkentda aholisi soni eng ko‘p tuman ma’lum qilingandi.

Shahar hududlari kesimida tahlillar shuni ko‘rsatganki, eng ko‘p aholi soni Olmazor tumanida bo‘lib, 395 ming kishini tashkil etgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing