Toshkentdagi neft-gaz forumi: O‘zbekiston yoqilg‘i ishlab chiqarishni oshirib, quyosh energetikasini rivojlantirmoqda
Iqtisodiyot
15–16-oktabr kunlari Toshkentda o‘tkazilayotgan II Markaziy Osiyo neft-gaz forumida energetika sohasini rivojlantirish, investitsiyalar, logistika va bozorni yoqilg‘i bilan ta’minlash masalalari muhokama qilinmoqda. Soha vakillari neft mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining oshgani, yangi quduqlarni burg‘ilash rejalari va quyosh energetikasining ulushi ortib borayotgani haqida ma’lumot berdi.
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahabovning ma’lum qilishicha, mamlakatda sakkiz oy davomida dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish 6 foizga, benzin ishlab chiqarish esa qariyb 5 foizga oshgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Uzbekistan GTL majmuasi yiliga 3,6 milliard kub metr gazni qayta ishlab, 1,5 million tonna sintetik yoqilg‘i ishlab chiqaradi.
Vahabov, shuningdek, 2026-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 446 mingta tijorat korxonasi faoliyat yuritganini ta’kidladi. Uning fikricha, xizmatlar, logistika, mashinasozlik va muhandislik sohalaridagi korxonalar neft-gaz tarmog‘i ta’minot zanjirlarida faolroq ishtirok etishi kerak. Savdo-sanoat palatasi ularga xorijiy hamkorlar va texnologiya yetkazib beruvchilar bilan aloqalar o‘rnatishda ko‘maklashishga tayyor.
UNG Overseas strategiya va biznesni rivojlantirish bo‘limi rahbari Denis Borodенok yil boshidan buyon mamlakatda 80 ta quduq burg‘ilanganini va beshta yangi gaz koni ochilganini ma’lum qildi. To‘rtinchi chorakda yana 40 ta quduq burg‘ilash rejalashtirilgan.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, uch yil ichida quyosh elektr stansiyalarining ishlab chiqarish hajmi 24 baravar oshgan. Quyosh energetikasi hisobiga O‘zbekiston qariyb 6,2 milliard kub metr gazni tejagan, 2026-yilda esa yana 2,8 milliard kub metr gazni tejash rejalashtirilmoqda. 2030-yilga borib mamlakat elektr energiyasining yarmigacha qismini qayta tiklanuvchi manbalardan olishni maqsad qilgan.
Forumda aeroportlarni aviatsiya yoqilg‘isi bilan ta’minlash masalasi ham ko‘rib chiqildi. Uzbekistan Airports aviatsiya yoqilg‘isi ta’minoti boshqarmasi rahbari Xasan Sadullayevning aytishicha, yoqilg‘i iste’molining 65 foizi Toshkent aeroporti hissasiga to‘g‘ri keladi. Namangan, Farg‘ona va Urganch aeroportlarida ham parvozlar soni va turizm rivoji bilan yoqilg‘iga talab ortmoqda.
Sadullayev Buxoro va Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodlari quvvatlari aeroportlar ehtiyojini to‘liq qoplash uchun yetarli emasligini bildirdi. So‘nggi ikki oyda “O‘zbekneftgaz”ning xalqaro brendidan 10 ming tonnadan ortiq yoqilg‘i xarid qilingan. Yoqilg‘ining bir qismi xorijdan olib kelinmoqda, ta’minot yo‘nalishlari esa Yaqin Sharqdagi vaziyatni hisobga olgan holda diversifikatsiya qilinmoqda.

Powered by Froala Editor