Tracker narxlari tushib ketdi

O'zbekiston

Kia kompaniyasi Sonet narxini oshirayotgan bir paytda, UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Tracker avtomobiliga chegirma e'lon qildi.

Tracker narxlari tushib ketdi
Bu haqda kompaniyaning matbuot xizmati xabar berdi.

UzAuto Motors muayyan konfiguratsiyadagi Chevrolet Tracker avtomobiliga 25 milliongacha chegirmali maxsus aksiyani boshladi.

Ma'lum qilinishicha, aksiya 17-maydan boshlab amal qiladi va quyidagilarga taalluqlidir:

Chevrolet Tracker LS – 206 422 880 (chegirma 15 million so’m)
Chevrolet Tracker LTZ – 219 813 280 (chegirma 20 million so’m)
Chevrolet Tracker Premier – 237 659 040 (chegirma 25 million so’m)
Avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan 2023-yildagi eng yirik ish beruvchi korxonalar nomi ma’lum qilingan edi. Hisobotga ko’ra, UzAuto Motors O‘zbekistonda eng ko‘p ish o‘rnini yaratgan Top-10 korxonalar ro‘yxatiga kiritilgan. Bugungi kunda kompaniyada jami 16 628 nafar ishchi mehnat qilib kelmoqda va bu ko‘rsatkich doimiy ravishda o‘sib boradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing