Tramp Belarus bilan kaliy yetkazib berish bo‘yicha «ulkan bitim» tayyorlamoqda
Iqtisodiyot
AQSh prezidenti Donald Tramp Belarusdan kaliy xarid qilish bo‘yicha «ulkan bitim» tayyorlanayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Belarus kaliyi Vashington hozirda Kanadadan xarid qilayotgan mahsulotdan ancha arzon bo‘lishi mumkin.
«Narx biz hozir Kanadaga to‘layotgan narxdan ancha past bo‘ladi. Bu fermerlarimiz va chorvadorlarimiz uchun juda yaxshi yangilik», — deb yozdi Tramp Truth Social tarmog‘ida. U yetkazib berish hajmi, muddatlari va shartnoma qiymatini ochiqlamadi.
Kaliy mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishda qo‘llanadi. U o‘simliklarning kasalliklarga chidamliligini oshiradi, hosil sifatini yaxshilaydi va hosildorlikni ko‘paytirishga yordam beradi. AQSh kaliy importining asosiy qismini Kanada ta’minlaydi.
Trampning bayonoti o‘g‘it ishlab chiqaruvchi kompaniyalar aksiyalariga ham ta’sir ko‘rsatdi. Savdolar davomida AQShning Mosaic kompaniyasi aksiyalari 5 foizdan ko‘proq, Kanadaning Nutrien aksiyalari qariyb 4 foiz, Intrepid Potash 4,5 foiz, CF Industries esa taxminan 3 foizga pasaydi. Savdolar yakuniga kelib, ayrim aksiyalar bo‘yicha pasayish qisqardi.
Belarus 11-sentabr kuni AQSh cheklovlari olib tashlanganidan so‘ng mamlakatdan AQShga kaliyli o‘g‘itlar eksportini qayta boshlaganini ma’lum qilgan edi. Prezident Aleksandr Lukashenko birinchi partiya jo‘natishga tayyorlanayotganini aytdi, biroq erkin hajmlar cheklanganini, ishlab chiqarishning katta qismi boshqa xaridorlar bilan shartnomalanganini bildirdi.
Lukashenko AQSh bank tizimida muzlatilgan 40 million dollardan ortiq Belarus mablag‘larini ham qaytarishni talab qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mablag‘lar Citibankda qolib ketgan. Masala AQSh prezidentining Belarus bo‘yicha maxsus vakili Jon Koull bilan muzokaralarda muhokama qilingan.
Yetkazib berish logistikasida ham muammolar mavjud. Litva Klaypeda portiga kirishni yopganidan so‘ng Belarus kaliyi Rossiya portlari, jumladan Arktikadagi portlar orqali jo‘natilmoqda. Kanada esa mahsulotni AQShga temir yo‘l orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazadi.
Saskachevan provinsiyasi rahbari Skott Mo Belarusdan ehtimoliy yetkazib berishni «qonli kaliy» deb atadi. Litva tashqi ishlar vaziri Kyastutis Budris esa Yevropa Ittifoqi Minskka nisbatan sanksiyalarni yumshatmasligi kerakligini bildirdi.
Shunday qilib, AQShning Belarus kaliysiga nisbatan cheklovlari olib tashlangan, biroq Yevropa sanksiyalari va Klaypeda orqali tranzit cheklovlari saqlanib qolmoqda.

Powered by Froala Editor