Tramp Eron hududiga qo‘shin kiritish imkoniyatini istisno etmadi
Dunyo
AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron hududiga amerika qo‘shinlarini kiritish ehtimolini ko‘rib chiqishga tayyor ekanini bildirib, harbiy operatsiya rivojining hech bir ssenariysini oldindan inkor etmasligini ta’kidladi.
The New York Post nashriga bergan intervyusida Tramp ehtimoliy quruqlikdagi harbiy kuchlarni joylashtirishdan cho‘chimayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim sobiq prezidentlar bunday vaziyatda qo‘shin yuborilmasligini oldindan e’lon qilgan bo‘lsa, u bunday bayonot bermaydi.
«Harbiylarni yuborish borasida menda qo‘rquv yo‘q. Boshqa prezidentlar bunday vaziyatda: “Bizning qo‘shinlar u yerda bo‘lmaydi”, deydi. Men esa bunday demayman. Ehtimol, quruqlikdagi qo‘shinlar kerak bo‘lmas», — dedi Tramp.
Keyinchalik millatga murojaatida u Eronга қарши harbiy operatsiya dastlab to‘rt-besh haftaga mo‘ljallanganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, zarurat tug‘ilsa, AQSH operatsiyani ancha uzoq davom ettirishga tayyor ekanini ta’kidladi.
Prezident operatsiyani Eron rejimidan kelayotgan tahdidlarni bartaraf etish uchun «so‘nggi va eng yaxshi imkoniyat» deb atadi. Asosiy maqsadlar qatorida Eronning raketa salohiyati va harbiy-dengiz kuchlarini yo‘q qilish ko‘rsatildi.
Trampning aytishicha, operatsiya davomida Eronning o‘nta harbiy kemasi yo‘q qilingan va ular «dengiz tubida yotibdi».

Powered by Froala Editor