Tramp Gollivudni qutqarmoqda
Dunyo
AQSH prezidenti Donald Tramp mamlakatdan tashqarida ishlab chiqarilgan barcha filmlarga 100 foizlik boj joriy etilishini e’lon qildi. U yuzaga kelgan vaziyatni "milliy xavfsizlikka tahdid" deb atadi.
Yakshanba kuni AQSH prezidenti Donald Tramp AQShdan tashqarida suratga olingan filmlarga 100 foizlik tarif joriy etish jarayoni boshlanganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika kino sanoati suratga olish ishlarini o‘z hududiga jalb qilish uchun imtiyozlar va soliq bonuslarini taqdim etadigan boshqa mamlakatlarning faol siyosati tufayli tez pasayishni boshdan kechirmoqda.
"Bu boshqa davlatlar tomonidan muvofiqlashtirilgan kampaniya, demak - milliy xavfsizlikka tahdid. Bundan tashqari, bu ideologiya va targ‘ibot masalasidir," - deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.
U Savdo vazirligi va boshqa tegishli idoralarga bojni amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqishga zudlik bilan kirishish bo‘yicha topshiriq berdi. Savdo vaziri Govard Latnik o‘sha kuni "X"da tasdiqladi: "Biz allaqachon buning ustida ishlayapmiz."
Hozircha to‘lovlar striming xizmatlarida oqimli kontentga taalluqli bo‘ladimi yoki faqat filmlar uchunmi, shuningdek, yig‘im summasi ishlab chiqarish xarajatlari yoki kassa yig‘imlari bo‘yicha qanday hisoblanishi aniq emas.
Disney, Netflix va Universal kabi eng yirik studiyalar uzoq vaqtdan beri xorijda, ayniqsa Kanada va Buyuk Britaniyada faol suratga olish ishlarini olib bormoqda. Joriy yil boshida Tramp Gollivud aktyorlari Jon Voyt, Silvestr Stallone va Mel Gibsonni sanoatni qayta tiklash uchun mas’ul etib tayinlagan edi.
Vashingtonning bu qadamiga javoban Avstraliya va Yangi Zelandiya hukumatlari ko‘pincha keng ko‘lamli loyihalarni, jumladan Marvel filmlari va "Uzuklar hukmdori" kult sagasini suratga olishda foydalaniladigan o‘zlarining milliy kino sohalarini qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi.

Powered by Froala Editor