Tramp jamoasining maxfiylik xatosi yuzasidan sud hukm o'qidi

Siyosat

AQSh sudyasi American Oversight tashkilotining da'vosini qo‘llab-quvvatladi. Gap shundaki jurnalist tasodifan qo'shilib qolgan, husiylarga qarshi zarbalar berish tog'risidagi AQSH tashkilotining maxfiy buyruqlar uzatilgan chat guruhni "tozalab" tashlashmiqchi bo'lgan. Ammo sud maxsus chatdan postlarning yo‘qotilishini hukumat hujjatlarini saqlash qoidalarini buzishga tengligini ta’kidladi.

Tramp jamoasining maxfiylik xatosi yuzasidan sud hukm o'qidi
AQShda Signal messenjeridagi maxfiy hukumat chatiga oid janjal avj olgan bir paytda, Vashington sudi 11-15 mart oralig‘ida ushbu chatdagi barcha xabarlarni saqlashni buyurdi. Bu haqida CNN, dpa va AFP kabi xalqaro axborot agentliklari 28-mart kuni xabar berdi.

Dastlab chat sozlamalari barcha xabarlarning bir hafta o‘tgach avtomatik o‘chirilishini nazarda tutgan edi. Keyinchalik AQSh Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Uolts ushbu qoidani o‘zgartirib, xabarlarni to‘rt hafta davomida saqlash imkonini bergan.

Sud hujjatlariga ko‘ra, Uolts xato qilib, AQShning The Atlantic nashri bosh muharriri (jurnalist) Jeffri Goldbergni hukumat chatiga qo‘shgan. Jurnalist esa bu xatodan foydalanib, barcha yozishmalarni ommaga oshkor qilgan. Chatdagi muloqotda Donald Tramp ma’muriyati vakillari va Mudofaa vazirligi xodimlari AQShning Yamandagi husiylar obyektlariga bergan zarbalarini muhokama qilishgan.

Jurnalistlarning ta’kidlashicha, chat ishtirokchilari – AQSh Milliy razvedka direktori Tulsi Gabbard va Markaziy razvedka boshqarmasi (CIA) direktori Jon Retkliff – Senat tinglovlarida bu muloqotda maxfiy ma’lumotlar bo‘lmaganligini aytib, vaziyatni kamaytirib ko‘rsatishga harakat qilishgan.

Biroq AQSh mudofaa vaziri Pit Xegset chatda harbiy rejalarning muhokama qilinmaganini aytganiga qaramay, oshkor qilingan yozishmalarda zarbalar vaqti, F-18 qiruvchilari va MQ-9 dronlarining havoga ko‘tarilish vaqtlari, shuningdek, Tomahawk qanotli raketalarining uchirilishi muhokama qilingani ko‘rsatilgan. Masalan, Pentagon rahbari xabarlardan birida shunday yozgan: "12:15 ET: F-18 havoga ko‘tariladi."

Sudning chat yozishmalarini saqlash to‘g‘risidagi qarori American Oversight tashkilotining da’vosiga javoban chiqarildi. Tashkilot chatdagi xabarlarning yo‘qolishi hukumat hujjatlarini saqlash qoidalarini buzish bilan barobarligini ta’kidladi. Sudya Jeyms Boasberg javobgarlarni barcha yozishmalarni saqlash bo‘yicha chora ko‘rishga majbur qildi.

dpa agentligining xabar berishicha, ish bo‘yicha javobgarlar qatorida AQSh mudofaa vaziri Pit Xegset, Milliy razvedka direktori Tulsi Gabbard va CIA rahbari Jon Retkliff ham bor.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing