Tramp oq uyda Bayden mehmoni bo‘ldi

Dunyo

AQSh prezidenti Jo Bayden Oq uydagi rasmiy uchrashuvda yangi saylangan prezident Donald Trampni qabul qildi. Bu uchrashuv AQShda hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirish an'anasining bir qismi bo‘lib, Tramp to‘rt yil avval bunday marosimda ishtirok etishdan bosh tortgan edi.

Tramp oq uyda Bayden mehmoni bo‘ldi
Bayden Oq uyda, Oval ofisda Trampni iliq qarshi olib, o‘zaro qo‘l siqishdi va demokratik ma'muriyatdan respublikachilarga uzviy o‘tishni ta'minlashga va’da berdi. Bayden Trampni g‘alabasi bilan qutlab, “o‘zaro muloqot va hamkorlikka” umid bildirdi.

Tramp o‘z navbatida Baydenga minnatdorchilik bildirdi va “Bugun siyosat olami juda ham xush kayfiyatda va men buni qadrlayman”, deya o‘z fikrini ifoda etdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing