Tramp Putinga yetkazdi: Ukrainaga tanaffus emas, keng qamrovli kelishuv kerak
Dunyo
AQSh prezidenti Donald Tramp Vladimir Putinga Kiyev vaqtinchalik tanaffusga emas, balki keng qamrovli tinchlik kelishuviga intilishi lozimligini bildirgan.
Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Rossiya va AQSh prezidentlari o‘rtasidagi telefon suhbatining tafsilotlarini ma’lum qildi. Suhbat Ukrainadagi mojaroni tartibga solish masalasiga bag‘ishlangan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Donald Tramp Vladimir Putinga AQSh Kiyevga qisqa muddatli harbiy tanaffusga erishishga urmaslikni, balki mojaroni barcha jihatlari bilan qamrab olgan kompleks kelishuv ustida ishlashni tavsiya qilayotganini aytgan.
Rossiya tomoni Ukrainadan kelayotgan takliflarni majburiyatlardan qochishga imkon beruvchi keng talqinlarga ochiq deb baholamoqda.
Shuningdek, Rossiya Ukrainaga oid AQSh bilan ilgari erishilgan ayrim kelishuvlar bo‘yicha o‘z pozitsiyasini qayta ko‘rib chiqishi mumkinligi bildirildi.
Tramp esa Putin bilan suhbatda Vladimir Zelenskiy jamoasi tomonidan erishilgan ayrim natijalar haqida ma’lumot bergan.
Vladimir Putin Rossiya AQSh bilan tinchlikka erishish yo‘lida yaqin va samarali hamkorlik qilishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Powered by Froala Editor