Tramp Putinni Ukrainadagi urushni tugatishga chaqirdi
Dunyo
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashganini ma’lum qildi. Suhbat davomida Ukraina mojarosi, Yaqin Sharqdagi vaziyat va xalqaro siyosiy muhit muhokama qilingan.
Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, suhbatning asosiy mavzusi Ukrainadagi urush bo‘lgan. Uning ta’kidlashicha, mojaro uzoq davom etayotgan qarama-qarshilikka aylangan.
“Biz Ukraina haqida gaplashdik, u deyarli tugamaydigan jangga o‘xshaydi”, — dedi Tramp. Unga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasida “katta nafrat” mavjud bo‘lib, bu kelishuvga erishishni qiyinlashtirmoqda.
Trampning aytishicha, suhbat davomida Yaqin Sharqdagi vaziyat ham muhokama qilingan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Putin bu borada yordam berishga tayyorligini bildirgan.
AQSh prezidenti Rossiya yetakchisiga urushni tugatish muhimroq ekanini aytganini ham ta’kidladi. “Agar siz Ukrainadagi urushni tugatsangiz, yanada foydaliroq bo‘lar edingiz”, — dedi Tramp va suhbat umuman olganda “juda yaxshi o‘tganini” qo‘shimcha qildi.
Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ham telefon suhbati bo‘lib o‘tganini tasdiqladi. Uning aytishicha, Tramp qo‘ng‘iroq qilib, xalqaro vaziyatdagi muhim masalalarni muhokama qilgan.
Ushakovga ko‘ra, suhbatda Eron atrofidagi mojaro va AQSh vakillari ishtirokida Ukrainadagi mojaroni tartibga solish bo‘yicha olib borilayotgan uch tomonlama muzokaralarga alohida e’tibor qaratilgan. U suhbatni “mazmunli” deb baholadi.

Powered by Froala Editor