Tramp Yaponiya bosh vaziri bilan uchrashadi
Siyosat
AQSH prezidenti Donald Tramp juma kuni Yaponiyaning yangi Вosh vaziri Sigeru Isiba bilan ilk uchrashuvini o‘tkazadi. Muzokaralar markazida Xitoy bilan qarama-qarshilik kuchayib borayotgan bir paytda iqtisodiy va harbiy hamkorlikni mustahkamlash masalalari turibdi.
Yaponiya AQShning eng yirik savdo hamkorlaridan biri sifatida Vashingtonning qat’iy talablariga tayyorlanmoqda. Tramp allaqachon Xitoy importiga 10 foizlik bojlar joriy etib, ularni boshqa mamlakatlarga, jumladan, Yaponiyaga ham joriy etish bilan tahdid qilgan. Bunga javoban Tokio ko‘proq AQSH suyultirilgan gazini sotib olish, Alyaskadagi gaz loyihasini qo‘llab-quvvatlash va Amerika texnologiyalariga sarmoya kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Muzokaralarning siyosiy kun tartibi, shuningdek, Osiyodagi hududiy bahslar, Tayvan atrofidagi vaziyat va Tokioning Xitoy ambitsiyalaridan xavotirini o‘z ichiga oladi. Ehtimoliy kelishmovchiliklarga qaramay, tomonlar strategik sheriklik va global muammolar bo‘yicha umumiy qarashlarni tasdiqlashni maqsad qilgan.

Powered by Froala Editor