Tramp Grenlandiyani sotib olmoqchi
Dunyo
Donald Tramp Truth Social platformasida Grenlandiyani AQSh milliy xavfsizligi va global erkinlikni ta’minlash uchun zarur hudud deb atadi. U o‘zining prezidentlik davrida Grenlandiyani Daniyadan sotib olishni taklif qilgan edi. Ammo Daniya hukumati uning taklifini rad etib, uni "bema‘ni" deb baholadi. Natijada Tramp Daniyaga rejalashtirilgan rasmiy tashrifini bekor qilgan.
Grenlandiya bosh vaziri Mute Egede AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning Grenlandiyani AQSh nazorati ostiga olish zarurati haqidagi fikrlariga keskin javob berdi. Egede, 23-dekabr kuni bergan bayonotida, "Grenlandiya Grenlandiya xalqiga tegishli," deb ta’kidladi. Shuningdek, u "biz sotilmaymiz va sotilmaymiz" deb qo‘shimcha qildi va erkinlik uchun olib borilgan uzoq kurashni yo‘qotmaslik kerakligini ta’kidladi.
Tarixda Grenlandiyani sotib olish g‘oyasi birinchi marta 1867-yilda AQSh Davlat kotibi Uilyam Genri Syuard tomonidan taklif qilingan. O‘sha davrda Syuard Rossiyadan Alyaskani sotib olishni amalga oshirgan edi.
Donald Tramp Grenlandiyadan tashqari Panama kanalini nazoratga olish haqidagi fikrlarini ham bildirib o‘tdi. U Panamaning kanal uchun "kulgili darajada yuqori tariflar" o‘rnatganini tanqid qilib, kanalni AQSh nazoratiga qaytarish bilan tahdid qildi. Tramp bu ob‘ektni Amerika iqtisodiyoti va milliy xavfsizligi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega deb ta’rifladi.
Bunga javoban Panama prezidenti Xose Raul Mulino kanal har doim Panamaning mulki bo‘lib qolishini ta’kidladi. U Xitoy tomonidan kanal ustidan hech qanday nazorat yo‘qligini aytib, AQSh bilan hurmatli munosabatlarni davom ettirishga umid bildirdi.
Tramp esa bunga javoban o‘z ijtimoiy tarmoqlarida AQSh bayrog‘i bilan bezatilgan tasvirni joylashtirib, uni "Qo‘shma Shtatlar Kanali" deb nomladi.

Powered by Froala Editor