Turistik rekord: Oʻzbekiston 10 mln mehmonni ortda qoldirdi

O'zbekiston

Oʻzbekiston turizm sohasida yangi rekord oʻrnatdi — 2025 yilning 11 oyida mamlakatga 10 milliondan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. Bu koʻrsatkich respublika tarixida ilk bor qayd etildi.

Turistik rekord: Oʻzbekiston 10 mln mehmonni ortda qoldirdi
2025 yil yanvar–noyabr oylarida Oʻzbekistonga kelgan sayyohlar soni ilk bor 10 million kishidan oshdi. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 47,4 foizga yoki 3,5 million sayyohga koʻpdir.
Mazkur maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan eʼlon qilindi.

Rekord darajadagi oʻsish Oʻzbekistonga boʻlgan xalqaro qiziqish barqaror oshib borayotganini va turizm, infratuzilma hamda transport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasini ko‘rsatmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing