Turkiya G‘azo sektorida genotsid ayblovi bilan Netanyaxuning hibsga olinishi haqida order chiqardi
Dunyo
Istanbul bosh prokuraturasi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va yana 36 nafar yuqori lavozimli isroillik rasmiyga qarshi G‘azo sektoridagi genotsid va insoniyatga qarshi jinoyatlar bo‘yicha hibsga olish orderini chiqardi.
Prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, ayblanuvchilar orasida Isroil mudofaa vaziri, milliy xavfsizlik vaziri, Bosh shtab boshlig‘i hamda harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni bor.
Ushbu qaror 2023-yil oktyabr oyidan buyon G‘azoda tinch aholiga qarshi «tizimli hujumlar» bo‘yicha o‘tkazilgan tergov natijasida qabul qilingan. Hujjatlarda aytilishicha, zarbalar shifoxonalarga, gumanitar karvonlarga va turar joylarga berilgan bo‘lib, minglab falastinliklar, jumladan ayollar va bolalar halok bo‘lgan.
Tergov natijalariga ko‘ra, ekspert xulosalari va guvohlarning ko‘rsatmalari isroillik rahbarlarning shaxsiy javobgarligini ko‘rsatmoqda. Ayblanuvchilar Turkiya hududida bo‘lmagani sababli Istanbul jinoyat sudi ularni sirtdan hibsga olish haqida qaror chiqargan.

Powered by Froala Editor