Turkiya Putin va Zelenskiy uchrashuvini tashkil etishga tayyorligini eslatishi mumkin

Siyosat

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning rejalashtirilgan tashrifi chog‘ida Turkiya rahbariyati uning Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvini tashkil etishga tayyorligini yana bir bor ma’lum qiladi, deya xabar bermoqda Anqaradagi diplomatik manba.

Turkiya Putin va Zelenskiy uchrashuvini tashkil etishga tayyorligini eslatishi mumkin
Eslatib o’tamiz, Putinning Turkiyaga tashrifi aprel oyi oxiri — may oyining boshlariga rejalashtirilgan.

Turkiya vakili Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mojarolarni hal qilish jarayonida yutqazuvchilar bo‘lmasligi kerak degan fikrni bildirganini eslatdi. Shu sababli Putin bilan uchrashuvda Turkiyaning o‘t ochishni to‘xtatish va insoniy yo‘qotishlarni kamaytirish uchun Putin va Zelenskiy o‘rtasida uchrashuv tashkil etishga tayyorligi muhokama qilinadi.

Shu bilan birga, Turkiya tomoni Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha o‘z rejasini olg’a surishni istamayotganini ta’kidladi. Anqaraning asosiy maqsadi insonlar halok bo'lishini to'xtatishdir. Agar Putin ham, Zelenskiy ham rozi bo'lsa, Turkiya barcha kerakli vositachilikni amalga oshirishga tayyor.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing