UEFA Isroilni yevrokuboklar va JCH-2026dan butunlay chetlatishni muhokama qilmoqda
Sport
Bugun UEFA ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida Isroil terma jamoasi va klublarining barcha musobaqalardan to‘liq chetlatilishi masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Qabul qilinadigan qaror Yevropa futbol xaritasini tubdan o‘zgartirishi mumkin.
Kun tartibi Yaqin Sharqning 12 davlati tomonidan ilgari FIFAga yo‘llangan murojaat bilan bog‘liq bo‘lib, ular G‘azo sektoridagi harbiy amaliyot tufayli Isroil jamoalarini xalqaro musobaqalardan chiqarib tashlashni talab qilgan edi. Endi tashabbus UEFA darajasida muhokama qilinmoqda.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘mitaning 20 a’zosidan ko‘pchiligi Isroilni chetlatishni qo‘llab-quvvatlashga moyil. Qatarning faol lobbichiligi alohida ta’kidlanmoqda. Shu bilan birga, Isroil Germaniya va Vengriya yordamiga tayanmoqda, ularning pozitsiyasi hal qiluvchi bo‘lishi mumkin.
Agar qaror qabul qilinsa, Isroil terma jamoasi JCh-2026 saralashida ishtirok etish huquqidan mahrum bo‘ladi, «Makkabi» Tel-Aviv kabi klublar esa Yevrokuboklardan chiqariladi.
Vaziyat tarixiy misollar bilan solishtirilmoqda: 1990-yillarda Yugoslaviya Balkanlardagi urush sababli Yevropa chempionati va Jahon chempionatidan chetlatilgan edi.

Powered by Froala Editor