“Ugam-1” GESdan yiliga ikki yuz milliard daromad olinyapti
O'zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev Bo’stonliqqa tashrifi davomida, “Ugam-1” gidroelektr stansiyasini ko‘zdan kechirdi.
Ugam daryosida ikkita kichik GES qurildi. Ularning har biridan yiliga ikki yuz milliard so‘m daromad olinayapti. Loyihani amalga oshirish natijasida hududdagi 5 mingta xonadon hamda turizm va dam olish maskanlari uzluksiz elektr energiya bilan ta’minlanadi. Yiliga qariyb 4 million metr kub gaz tejalmoqda.
Bu bilan nafaqat energetika masalasi hal bo‘ladi, balki hudud infratuzilmasi ham yaxshilanadi. Tadbirkorlik, qishloq xo‘jaligi korxonalari paydo bo‘ladi. Davlat rahbariga hududlarda rejalashtirilgan loyihalar haqida ma’lumotlar berildi.
Toshkent viloyatida umumiy quvvati 1 ming 330 megavatt bo‘lgan 25 ta gidroelektr stansiyasi mavjud. Bu respublikamizdagi jami gidroenergetika quvvatining 60 foiziga tengdir. Bugungi kunda qiymati 880 million dollar va quvvati 340 megavatt bo‘lgan yana 4 ta GES qurilmoqda.
Shuningdek, 2028-yilgacha viloyatda umumiy quvvati qariyb 2 ming 400 megavatt bo‘lgan, 4 milliard 800 million dollarlik 23 ta loyiha amalga oshiriladi. Quvvati 1,48 megavatt bo‘lgan ushbu “Ugam-1” kichik GES qurish orqali yiliga 11,8 million kilovatt soat ekologik toza elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoni yaratildi.
Zamonaviy samarador gidroagregatlar va avtomatik boshqaruv tizimi o‘rnatildi. E’tiborlisi, bunda to‘liq yurtimiz mahsulotlari ishlatilgan. Boshqacha aytganda, uni milliy brend deyish mumkin. Sohaga xorijiy investitsiya va xususiy sektorni jalb qilib, 2023-yilga qadar jami quvvatlarni 6 ming megavattga yetkazish belgilangan.
Buning uchun huquqiy, iqtisodiy sharoitlar yaratilgan. Jumladan, mamlakatimiz bo‘yicha ikki mingtagacha mikro va kichik GESlar qurish imkoniyati bor.

Powered by Froala Editor