Uitkoff: Eron bilan kelishuv ikkinchi raunddayoq imkonsiz bo‘ldi
Dunyo
AQSh prezidenti maxsus vakili Stiv Uitkoff Vashington Eron bilan kelishuvga erishish umidini ikkinchi raunddayoq yo‘qotganini ma’lum qildi. Uchinchi uchrashuv “so‘nggi imkoniyat” sifatida baholangan.
Fox News telekanaliga bergan intervyusida Uitkoff AQSh tomoni adolatli kelishuvga erishishga uringanini, biroq ikkinchi uchrashuv oxiriga kelib buning imkonsizligi ayon bo‘lganini ta’kidladi.
Tomonlar Eron yadroviy dasturi bo‘yicha uch raund muzokara o‘tkazdi. Eron delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi boshchilik qilgan. Uchinchi raund 26 fevral kuni yakunlangan.
28 fevral kuni AQSh va Isroil Eron hududlariga, jumladan Tehron shahriga zarbalar berdi. Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida xabar qilinmoqda. Eron esa javoban Isroil va AQShning Yaqin Sharqdagi harbiy obyektlariga zarbalar yo‘llaganini bildirdi.

Powered by Froala Editor