Ukraina Rossiyaning «soya floti»ga tegishli to‘qqiz tankerga zarba berganini ma’lum qildi

Dunyo

Ukraina kuchlari Rossiyaning dengiz va neft infratuzilmasiga keng ko‘lamli tungi hujum uyushtirilganini ma’lum qildi. 8-iyulga o‘tar kechasi Ukraina Uchuvchisiz tizimlar kuchlari Azov dengizida Rossiyaning «soya floti» deb ataluvchi tuzilmasiga tegishli to‘qqiz tankerni nishonga olgan. Bu haqda bo‘linma qo‘mondoni Robert Brovdi xabar berdi.

Ukraina Rossiyaning «soya floti»ga tegishli to‘qqiz tankerga zarba berganini ma’lum qildi
Rossiya rasmiylari Taganrog qo‘ltig‘ida Rostov-Donga yo‘l olgan ikki tanker shikastlanganini tasdiqladi. Rostov viloyati gubernatori Yuriy Slyusarning ma’lum qilishicha, kemalar bo‘sh bo‘lgan. Tankerlardan birining ekipaji evakuatsiya qilingan, ikki kishi yengil jarohat olgan.

Shu kecha Rossiyaning bir necha hududida ham dron hujumlari qayd etildi. Voronej viloyatida infratuzilma obyektida yong‘in yuz berdi. Mustaqil manbalarga ko‘ra, yong‘in Borisoglebsk harbiy aerodromi hududida sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Nijnekamskda dronlar neftni qayta ishlash korxonalari joylashgan sanoat hududiga zarba berdi. Saratov viloyatida bir kishi halok bo‘lgani, jarohatlanganlar va fuqarolik infratuzilmasiga zarar yetgani bildirildi. Saratov neftni qayta ishlash zavodida yong‘in yuz bergani haqida ham xabarlar tarqaldi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing