Ukraina Vashington ko'rsatmasi bilan Rossiya bilan muzokara qilishdan bosh tortdi – Putin

Dunyo

Rossiya rahbariga koʻra, Amerika rasmiylari xatolari uchun javobgar va ular bu vaziyatdan chiqish yo‘lini topishlari kerak.

Ukraina Vashington ko'rsatmasi bilan Rossiya bilan muzokara qilishdan bosh tortdi – Putin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina rahbariyati Vashington koʻrsatmasi bilan Rossiya bilan muzokara qilishdan bosh tortganini aytdi.

Bu haqda u amerikalik jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning taʼkidlashicha, agar Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy maʼmuriyati muzokaralardan bosh tortgan boʻlsa, bu Vashingtonning koʻrsatmasi bilan qilingan boʻlishi mumkin.

Putin AQSh ma'muriyatini agar noto'g'ri deb hisoblasa, bu qarordan voz kechishga va hech kimga zarar keltirmaydigan boshqa yechim topishga chaqirdi.

“Bu notoʻgʻri qarorni Kreml emas, Oq uy qabul qilgan, shuning uchun ular undan voz kechishlari kerak. Amerika rasmiylari xatolari uchun javobgar va ular bu vaziyatdan chiqish yo‘lini topishlari kerak”, dedi Putin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing