Ulug'bekxon Maksumovning muvaffaqiyat hikoyasi
Maxsus loyiha
“Top Business” jurnalida O‘zbekistonning taniqli tadbirkori Ulug‘bekxon Maksumov haqida maqola chop etildi. Bu farg‘onalik oddiy yigitning jahon miqyosidagi nufuzli tadbirkorga aylangani haqidagi hikoya.
Ulug‘bekxon Maksumov — ko‘pchilikka tanish va zirhli mashinalar bilan bog‘liq ismdir. Ammo qahramonimiz bunga bir kunda yoki bir yilda erishmagan. Bu ko‘p yillik mehnat va matonat mahsulidir. Xo‘sh, tadbirkorning yo‘li nimadan boshlangan? Keling, buni mazkur maqoladan bilib olamiz.
Ulug‘bekxon Farg‘ona vodiysining janubi-sharqidagi Marg‘ilon shahrida tug‘ilib o‘sgan. Gimnaziyada tahsil olgan, 2001-yilda Farg‘ona davlat universitetining filologiya fakultetining magistraturasini tamomlagan. Keyin O'zbekiston badiiy Akademiyasida ilmiy darajaga ega bo'ldi.
Suhbatlardan birida Ulug‘bekxon nima uchun o‘z sohasi bo‘yicha faoliyat yuritmayapsiz, degan savolga: "Mening diplomimga kelsak, bu zaruriy asos. Insonning keyingi faoliyati esa uning qiziqishlariga bog‘liq", — deb javob bergan.
2006-yilda Birlashgan Arab Amirliklariga sayyoh sifatida kelganidan so‘ng Ulug‘bekxon bu yurtga mehr qo’ygan va o‘z faoliyatini BAAda boshlashga qaror qilgan. U mahalliy kompaniyalardan birida logist sifatida ish boshladi, u erda tezda o'zini namoyon qildi va ko'tarildi. Uning so'zlariga ko'ra, ish uning uchun pul topish vositasi emasdi, vaholanki usiz ham bo’lmasdi, balki asosan tajriba va kelgusi o'sish uchun zarur ma'lumotlarni olish usuli bo’lib xizmat qilgan.
"Barchamizga ma’lumki, Birlashgan Arab Amirliklari tadbirkorlik sohasida dunyoda yetakchi davlat hisoblanadi. Aynan bu yerda ko'pchilik o'z biznesini tashkil qilib, korxona-yu korporatsiyalar ochadi. Aytishim mumkinki, ko‘plab o‘zbekistonlik tadbirkorlar ham o‘z bizneslarini shu yerda quradilar, lekin biz O‘zbekistonda o‘z loyihalarimizni taqdim etishga va tajribamiz bilan o‘rtoqlashishga tayyormiz, buning uchun bizda yetarlicha qobiliyat va ko‘nikma bor”, — dedi Ulug‘bekxon “Bright Uzbekistan” xalqaro jurnaliga bergan intervyusida.
Ushbu mulohaza hamda avtomobillarga bo‘lgan katta qiziqishdan kelib chiqqan holda, Ulug‘bekxonda g‘oya tug’ildi va u uni to‘g‘ri va natijada kerakli shaxs bo’lib chiqqan inson bilan baham ko‘rdi. Tajribali odamlar bejizga faqat to'g'ri vaqt va kerakli joyni topish kerak, deb aytishmaydi. Ulug‘bekxonda aynan shunday imkoniyat bor edi va uni qo‘ldan boy bermadi. Shunday qilib, u hamkorlikda zirhli mashinalar ishlab chiqarish bo'yicha biznes loyihasini amalga oshirishga bel bog’ladi.
Ta'kidlash joizki, Ulug’bek Maksumovning kompaniyasi Dubaydagi ushbu yo'nalishning kashshoflaridan biriga aylandi. "Albatta, hozir BAAda raqobat juda kuchli. Ammo biz 2008-yilda ish boshlaganimizda, deyarli hech qanday raqobat yo'q edi va taxminan 2011-yildan boshlab raqobat shakllana boshladi, deyishimiz mumkin", — deya izoh berdi suhbatdoshimiz.
Qahramonimiz ko‘p yillik mashaqqatli mehnati davomida biznes sohasida mustahkam poydevor qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi va turli mamlakatlarga minglab zirhli avtomobillarni yetkazib berdi. Ulug‘bekxon orttirgan tajribasidan O‘zbekiston harbiy sanoatini rivojlantirish yo’lida foydalana boshladi.
2021-yilda O'zbekistonda Aksum VPK zirhli avtomobillar ishlab chiqarish zavodi rasman ish boshladi va biroz vaqt o’tib uning yaqinida AKSUM MARINE brendi ostida zirhli qayiqlar ishlab chiqarilishi yo’lga qo’yildi. Ikkala zavod ham Chirchiq shahrida joylashgan bo'lib, jami 200 ming kvadrat metr maydonni egallaydi.
Bu yoʻnalishda bosib oʻtilgan yoʻl Ulugʻbekxon Maksumovga AKSUM kompaniyalar guruhini noldan ko'tarishga va uni O'zbekiston Respublikasi hududida harbiy sanoat ishlab chiqarish bo'yicha yetakchi kompaniyalardan biriga aylantirishga ko’maklashdi. Ta'kidlash joizki, AKSUM GROUP kompaniyasining xuddi shunday ishlab chiqarish quvvatiga ega bosh ofisi BAAda joylashgan. "G‘urur bilan aytishim mumkinki, AKSUM dadillik bilan, yaxshi sur’atlarda rivojlanmoqda. U O'zbekiston ichki bozorini yuqori sifatli zirhli texnikalar bilan o'z vaqtida ta'minlash vazifasini yaxshi bajarmoqda. Birlashgan Arab Amirliklaridagi hamkasblar bilan birgalikdagi sa'y-harakatlar natijasida AKSUM allaqachon harbiy sanoatning global maydonida ishonch bilan qadam tashlab kelmoqda”, — dedi janob Maksumov.
Ulug‘bekxon Maksumovning hayotiy va kasbiy faoliyati kishini ilhomlantiradi. U o'z faoliyati bilan, agar kuchli istak va mehnat bo'lsa, ko'p yutuqlarga erishish mumkinligi borasida zo’r o’rnak bo’la oladi!
Powered by Froala Editor