UzAuto Motors va uning dilerlariga jinoiy ish qo’zg’atildi
O'zbekiston
Raqobat qo’mitasiga hali olinganiga 5 oy bo’lmagan Lacetti avtomobili nosozligi sabab yonib ketgani haqida shikoyat tushgan.
Qoraqalpog’istonlik fuqaro A.D 2023-yilda “UzAuto Motors” tomonidan ishlab chiqarilgan “Lacetti-L-Stayle MT” rusumli avtomobil olinganiga 5 oy bo’lmasidan yonib ketgani, lekin ishlab chiqaruvchi tomonidan holat o’z vaqtida bartaraf etilmayotgani yuzasidan Raqobat Qo’mitasiga murojaat qilgan.
Qo’mitaning ma’lum qilishicha, murojaat qo’mita tomonidan ko’rib chiqilganda, holat o’z tasdqig’ini topgan. Aniqlanishicha, aynan shu markali avtomobilda yong’in chiqishi holati Navoiy viloyatida ham kuzatilgan.
Voqeadan kelib chiqib, vakolatli organ ishlab chiqaruvchiga yaqinda 37 ta Lacetti’ni chaqirtirib olishni, murojaat qilgan nosoz avtomobil egasiga esa yangi avtomobil topshirishni buyurgan.
Mutaxassislarning fikricha, bu muammo transport vositalarini noto’g’ri yig’ish oqibatida yuzaga kelgan.
Rasul Kusherbayevning xabar berishicha, UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain rahbari Bo Inge Anderssonga ish haqining 5 foizi miqdorida jarima qo’llangan.

Powered by Froala Editor