Venchjou–Toshkent yangi yuk yo‘nalishi ishga tushirildi

O'zbekiston

Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida Venchjou–Toshkent yo‘nalishidagi yangi yuk aviamarshruti ochildi. Dastlabki reys transchegaraviy elektron tijorat doirasida 50 tonna tovar yetkazdi.

Venchjou–Toshkent yangi yuk yo‘nalishi ishga tushirildi
Xitoyning sharqidagi Venchjou shahri bilan O‘zbekiston poytaxti Toshkentni bog‘lovchi yangi yuk aviamarshruti ishga tushirildi. “Sinxua” agentligining xabariga ko‘ra, My Freighter aviakompaniyasining yuk samolyoti Venchjou xalqaro aeroportidan uchib chiqib, Toshkentga yetib keldi.

Bu yo‘nalish Venchjoudan Markaziy Osiyoga yo‘lga qo‘yilgan birinchi yuk reysi hisoblanadi. Dastlabki parvoz davomida samolyot 50 tonna tovar tashidi, ularning barchasi transchegaraviy elektron tijoratga tegishli.

Yangi yo‘nalishning ishga tushirilishi “Qora juma” aksiyalari va Rojdestvo oldi xaridlar kabi yuqori talab mavsumlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing