Wildberries O‘zbekistonda taksi bozoriga kirib kelmoqda

Biznes

Wildberries O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirmoqda: kompaniya WB Taxi nomli yangi shirkatni ro‘yxatdan o‘tkazib, rasmiy ravishda taksi bozoriga kirib keldi.

Wildberries O‘zbekistonda taksi bozoriga kirib kelmoqda
O‘zbekistonda Rossiyaning yana bir taksi sohasi kompaniyasi rasmiy ro‘yxatdan o‘tdi. Yirik elektron savdo platformasi Wildberries mamlakatda yo‘lovchi tashish bozoriga kirish uchun WB Taxi nomli yangi sho‘ba korxonasini tashkil etdi.

Yagona davlat reyestri ma’lumotlariga ko‘ra, «WB TAXI» MChJ 2025-yil 18-iyunda ro‘yxatdan o‘tgan va 312216768 sonli STIR olgan. Korxonaning asosiy faoliyati — taksi xizmatlari (OKED 49320).

Yangi korxonaning ustav jamg‘armasi 500 million so‘m etib belgilangan. Ulushlarning 99 foizi “WB INT EXPORT” kompaniyasiga tegishli bo‘lib, u Wildberries’ning mintaqadagi logistika va eksport bo‘yicha mahalliy bo‘linmasi hisoblanadi. Qolgan 1 foiz ulush “RVB” MChJga tegishli — ushbu shirkat Wildberries va Russ Outdoor reklama operatorining qo‘shilishi natijasida tashkil etilgan.

Taksi xizmatining O‘zbekistonda paydo bo‘lishi Wildberries’ning MDH bozorlarida faoliyatini diversifikatsiya qilish strategiyasiga mos keladi. Belarusda ham xuddi shunday loyiha sinov bosqichida bo‘lib, foydalanuvchilarga maxsus mobil ilova taqdim etilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing