Xalqaro ekspertlar TDTU huzuridagi innovatsiya markazida yig‘ilishdi
O'zbekiston
Toshkent xalqaro ilmiy-energetika muloqoti markaziga aylandi. O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazida mamlakatimiz energotizimini modernizatsiya qilishning asosiy elementlari — bug‘-gaz va kogeneratsiya texnologiyalarini joriy etishga bag‘ishlangan konferensiya o‘z ishini boshladi.
Anjumanni oliygoh rektori, akademik Sadritdin Turabdjanov ochib berdi. U o‘z nutqida bugungi kunda mamlakat energetika xavfsizligini xalqaro ilmiy hamkorlik hamda ishlab chiqarishga ilg‘or texnologik yechimlarni integratsiya qilmasdan turib tasavvur qilib bo‘lmasligini ta’kidladi.
Konferensiya ishtirokchilari — O‘zbekiston va xorijning yetakchi olimlari hamda ekspertlari — amaliy vazifalarni hal qilishga e’tibor qaratdilar. Munozaralar markazida “yashil” energetika, energiya samaradorligini oshirish va elektr energetika tarmoqlarini rivojlantirish masalalari turibdi. Tadbir nafaqat nazariy tajriba almashish, balki sohaning barqaror rivojlanishiga hamda ekologik toza energiya manbalariga o‘tishini jadallashtirishga xizmat qiladigan amaliy yutuqlar taqdimoti uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.

Powered by Froala Editor