Xoland PFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Sport

Norvegiyalik futbolchi "Siti" uchun barcha musobaqalarda 52 ta gol urdi.

Xoland PFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
“Manchester Siti” va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland Professional Futbolchilar Assotsiatsiyasi tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda X ijtimoiy tarmog‘idagi PFA sahifasida xabar qilindi.

Xoland o'tgan yozda "Borussiya Dortmund"dan "Manchester Siti"ga kelib qo'shilgan edi. U o'zining debyut mavsumini ajoyib tarzda o'tkazdi.

Xoland mavsum davomida barqarorlik namunasi bo'ldi va PFA muxlislari tomonidan uch marta oyning eng yaxshi o'yinchisi sovrinini qo'lga kiritdi: 2022-yil avgust,sentyabr va dekabr oylari.

Hujumchi "Siti" uchun barcha musobaqalarda 52 ta, shu jumladan, Premer-liga mavsumida 36 ta gol urdi.

Xoland «shaharliklar» bilan nafaqat ichki chempionat, balki Angliya kubogi va Chempionlar ligasida ham g'alaba qozondi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing