Xorazm markazida mebelsozlik klasteri ochildi
O'zbekiston
Xorazm viloyati Xonqa tumanida mebelsozlik bo‘yicha yangi kichik sanoat zonasi ish boshladi. Prezidentimiz ishlab chiqarish obyektlarida bo‘lib, bu sohaning viloyat taraqqiyotidagi strategik ahamiyatini qayd etdi.
Yangi hudud 10 gektar maydonni egallab, korxonalar, ko‘rgazma va savdo maydonlarini o‘z ichiga oladi. Mebelsozlik sanoatini rivojlantirish bo‘yicha 2021-yil 21-iyundagi qaror ijrosi doirasida bu yerda 10 million dollar investitsiya hisobiga 61 ta korxona ishga tushirilgan. 650 ta ish o‘rni yaratilgan.
Xonqa tumani an’anaviy mebel ustalari bilan mashhur: viloyatdagi 500 dan ortiq xonadonda xususiy ustaxonalar faoliyat yuritadi. Biroq ularning katta qismi yaqin-yaqingacha ishlab chiqarish imkoniyatlari cheklangan edi. Yangi klasterda zamonaviy sharoitlar, jumladan, Germaniya, Italiya, Shveysariya, Turkiya va Xitoydan uskunalar keltirib o‘rnatilgan.
Ishlab chiqarish quvvatlari yiliga 108 milliard so‘mlik uy-joy, ofis, mehmonxona va ijtimoiy muassasalar uchun mebellar ishlab chiqarish imkonini beradi. Mahsulotlarni tashqi bozorlarga ham yetkazib berish rejalashtirilgan: eksport 3 million dollardan oshishi mumkin.
Hududda turkiyalik mutaxassislar dizayner va texnologlarni tayyorlaydigan o‘quv markazi ham ochilgan. Prezidentimiz ular bilan mahsulotlar sifatini oshirish, yoshlarni kasbga o‘rgatish masalalarini muhokama qildi.
Energiya samaradorligiga alohida e’tibor qaratilgan: barcha korxonalar quyosh panellari bilan jihozlangan.
Davlatimiz rahbari mahsulotlar namunalari namoyish etiladigan shourumga tashrif buyurib, ularning sifati va zamonaviy dizayniga yuksak baho berdi. Shuningdek, ishlab chiqarishni viloyatda uy-joy majmualaridan tortib mehmonxonalar va ijtimoiy obyektlargacha bo‘lgan qurilishlarning o‘sib borayotgan sur’atlari bilan bog‘lash zarurligini ta’kidladi.
Umuman, Xorazmda mebelsozlik sohasida 300 dan ziyod korxona, 1300 dan ortiq o‘zini o‘zi band qilgan va 200 dan ortiq yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat yuritmoqda.

Powered by Froala Editor