Xorazm ostonasidagi kelajak shahri
O'zbekiston
Xorazmda buyuk alloma al-Xorazmiy nomi bilan ataladigan innovatsion turar joy majmuasi jadal qurilmoqda. Prezidentimiz shaharchani ilm-fan, texnologiyalar va farovon hayot markaziga aylantiradigan yangi va ulkan loyihalar bilan shaxsan tanishdi.
2022-yil avgust oyida Urganch xalqaro aeroporti yaqinida qurilgan Al-Xorazmiy shaharchasi allaqachon mintaqaning yangi ramziga aylanib bormoqda. Bugungi kunda bu yerda 1 ming 773 xonadonli 72 ta ko‘p qavatli uy qurib bitkazilgan bo‘lib, yil yakuniga qadar yana 28 ta uy, ya’ni 1 mingga yaqin yangi xonadon foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Majmuada jami 5 mingdan ziyod turar joy bo‘ladi.
Loyiha 130 gektardan ortiq hududni qamrab oladi va xorazmlik mehmonlar viloyatga uchib kelganlarida birinchi bo‘lib ko‘rishadi. Al-Xorazmiy haykali majmuaning tortishish markazi bo‘ladi - uning poydevori bilan balandligi 30 metrdan oshadi. U 20 gektar maydondagi bog‘ga kiraverishda o‘rnatiladi.
Prezidentimizga yodgorlikning konsepsiyasi taqdim etilib, uning nafaqat me’moriy, balki mazmun-mohiyatini ham ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, yashil hududlarni kengaytirish va hududni obodonlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Kuni kecha Prezidentning tegishli qarori bilan ta’sis etilishi tasdiqlangan Al-Xorazmiy universiteti shaharchani rivojlantirishning asosiy elementi bo‘ladi. Universitet 2025-2026 o‘quv yilida talabalar qabulini yo‘lga qo‘yadi va unda 4-6 ming kishi tahsil oladi. Uning tarkibida uchta fakultet bor: matematika va informatika, aerokosmik muhandislik va sun’iy intellekt.
Shuningdek, majmuadan texnopark, ofis binolari, tibbiyot va madaniyat markazlari, bolalar bog‘chalari, maktablar, sport inshootlari va savdo infratuzilmasi o‘rin oladi.

Powered by Froala Editor