WSJ: Zelenskiy va Zalujniy "Shimoliy oqimlar" portlashida rol o‘ynagan
Dunyo
The Wall Street Journal (WSJ) nashrining xabariga ko‘ra, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy dastlab "Shimoliy oqimlar" gaz quvurlarini portlatish rejasini ma'qullagan, ammo keyinchalik AQShning ogohlantirishidan so‘ng operatsiyani to‘xtatishni buyurgan. Biroq, Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy reja bo‘yicha ishni davom ettirgan.
2022-yilning may oyida bir guruh ukrainalik yuqori martabali zobitlar va tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqilgan "Shimoliy oqimlar" gaz quvurlariga hujum rejasi Zelenskiy tomonidan dastlab qo‘llab-quvvatlangan edi. Ammo AQShning MIVD agentligi orqali operatsiya haqida bilib, Vashington Kiyevni bu rejadan voz kechishga undagan.
Zelenskiy bu talabdan so‘ng operatsiyani to‘xtatishni buyurgan, lekin Zalujniy rejani o‘zgartirib, amaliyotni davom ettirgan. Zalujniy o‘z so‘zlariga ko‘ra, keyinchalik guruh tashqi dunyo bilan aloqani yo‘qotib, qaytarib bo‘lmas holga kelgan. Shunga qaramay, Zalujniy va Zelenskiy ushbu amaliyotda Ukraina ishtirokini rad etmoqda.
2022-yilning 26-sentabr kuni "Shimoliy oqimlar" gaz quvurlarida portlashlar sodir bo‘ldi va bu hodisa xalqaro terrorizm deb tasniflandi. Ukraina rasmiylari va Zelenskiy ushbu portlashlarga aloqadorliklarini rad etib, har qanday gumonlarni "provokatsiya" deb atashdi.

Powered by Froala Editor