Yangi bosqich boshlandi: strategik hamkorlik memorandumi imzolandi
Maxsus loyiha
2026 yil 15 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi hamda Bright Uzbekistan xalqao loixasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Mazkur memorandum mamlakatda amalga oshirilayotgan strategik islohotlar va transformatsion jarayonlarni tizimli ravishda yoritish, shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imijini mustahkamlashga qaratilgan.
Tomonlar “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini keng targ‘ib qilish, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslar, byurokratiyani qisqartirish dasturlari hamda zamonaviy raqamli platformalar orqali strategik rejalashtirish jarayonlarini yoritish bo‘yicha hamkorlik qiladi.
Shuningdek, hamkorlik doirasida tahliliy va ekspert materiallar tayyorlash, intervyular tashkil etish, qo‘shma axborot kampaniyalarini o‘tkazish hamda kontentni xalqaro auditoriya — investorlar, biznes vakillari va ekspertlar o‘rtasida keng tarqatish rejalashtirilgan.
Bright Uzbekistan ushbu jarayonda xalqaro media-platforma sifatida islohotlarni global darajada yoritishda faol ishtirok etadi hamda mamlakatning ijobiy imijini ilgari suradi.

Powered by Froala Editor