Yangi Toshkent shahri bosh rejasini kimlar ishlab chiqishi maʼlum boʻldi

O'zbekiston

Prezident qarori bilan Yuqori Chirchiq tumanidan O‘zbekiston, Do‘stlik, Surankent, Turkiston, Guliston, Iyk ota, (Qibray) Nurmuhammedov hamda O‘rta Chirchiq tumanidan Do‘stlik, Oxunbobev, Kim Pen Xva mavzelari va Sholichilik instituti hududidagi qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan yerlarning toifasi o‘zgartirilib, Yangi Toshkent shahrini barpo etish uchun ajratiladi.

Yangi Toshkent shahri bosh rejasini kimlar ishlab chiqishi maʼlum boʻldi
“Yangi Toshkent shahrini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Unga koʻra, Vazirlar Mahkamasi huzurida davlat muassasasi shaklida Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi tashkil etiladi.

Direksiyaga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari direktor boʻladi.

Yangi Toshkent shahrini barpo etish uchun Yuqori Chirchiq tumanidan O‘zbekiston, Do‘stlik, Surankent, Turkiston, Guliston, Iyk ota, (Qibray) Nurmuhammedov hamda O‘rta Chirchiq tumanidan Do‘stlik, Oxunbobev, Kim Pen Xva mavzelari va Sholichilik instituti hududidagi qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan ayrim yerlarning toifasi o‘zgartiriladi. Yangi Toshkent shahri jami 19 720,9 gektar yerda barpo etiladi.

Yangi Toshkent shahri bosh rejasini ishlab chiqish uchun Foster and Partners (Buyuk Britaniya), OMA (Niderlandiya) va Meinhardt (Singapur) kompaniyalari jalb qilingan.

Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan, ko‘p kvartirali uylar, ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish obektlarini qurish uchun yer uchastkalari Muvofiqlashtiruvchi kengashning qaroriga muvofiq E-auksion elektron savdo platformasi orqali auksion savdolarida sotiladi yoki ijaraga beriladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing