Yangi Toshkentda OAV vakillari uchun qurilayotgan stadionga press-tur tashkil etildi
Sport
Ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar “Yangi Toshkent” stadionining qurilish jarayoni bilan tanishdi. Press-tur O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va KOÇ Construction kompaniyasi hamkorligida tashkil etildi.
Tashrif davomida ishtirokchilarga qurilish ishlari, loyiha ko‘lami va uni amalga oshirish bo‘yicha kelgusi rejalar haqida ma’lumot berildi. OAV vakillari yangi sport inshootida olib borilayotgan ishlarni bevosita ko‘rish imkoniga ega bo‘ldi.
Stadion O‘zbekistonda zamonaviy futbol infratuzilmasini rivojlantirish doirasida barpo etilmoqda. Loyiha yirik xalqaro musobaqalarni o‘tkazish uchun sharoit yaratish va sport inshootlarining xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlashga qaratilgan.
Avvalroq O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi stadion loyihasini ishlab chiqishda KOÇ Construction bilan hamkorlik qilayotgani haqida ma’lum qilgan edi. Arxitektura va texnik yechimlar, xavfsizlik, muxlislar uchun qulayliklar, shuningdek, sportchilar va OAV vakillari uchun zarur sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Yangi Toshkentdagi stadion qurilishi mamlakatning xalqaro futbol musobaqalarini qabul qilish imkoniyatlarini kengaytirish va sport infratuzilmasini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.
Press-tur jurnalistlar va blogerlarga qurilish jarayoni hamda loyiha bo‘yicha kelgusi rejalar bilan tanishish imkonini berdi.

Powered by Froala Editor