Yaponiya biznesi O‘zbekiston IT-sohasidagi o‘rnini kengaytirmoqda

Biznes

Yaponiya investitsiyalarni ko‘paytirish va IT-hamkorlikni kengaytirish orqali O‘zbekistonning raqamli transformatsiyasida yetakchi o‘ringa chiqayapti.

Yaponiya biznesi O‘zbekiston IT-sohasidagi o‘rnini kengaytirmoqda
Yaponiya O‘zbekistonni mintaqadagi asosiy raqamli markazlardan biriga aylantirish orqali O‘zbekistonning IT-sohasidagi ishtirokini kuchaytirayapti. O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi Sakurai Akihironing so‘zlariga ko‘ra, Yaponiyaning IT Park Uzbekistan rezident kompaniyalari soni allaqachon 10 taga yetdi va ularning yarmi Yaponiyaga IT-xizmatlarini eksport qiladi.

"Yaponiyalik investorlar nafaqat O‘zbekistonda biznesni rivojlantirayapti, balki ish o‘rinlari yaratib, o‘z tajribalarini o‘rgatayapti," - dedi u. Birgina 2024-yilda Yaponiya IT Park rezidentlari tomonidan 87 ta yangi ish o‘rni yaratildi va bu ko‘rsatkich o‘sishda davom etadi.

Hamkorlikning asosiy jihatlaridan biri yuqori malakali IT-mutaxassislarni tayyorlashdir. Yaponiya kadrlar yetishmovchiligiga duch kelayapti: Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi (METI) prognozlariga ko‘ra, 2030-yilga borib mamlakatga 790 ming IT-mutaxassis kerak bo‘ladi. O‘zbekiston bu bo‘shliqni to‘ldirishda muhim rol o‘ynashi mumkin.

Yaponiya O‘zbekistonga o‘zining uzoq muddatli strategiyasining muhim qismi sifatida qaraydi. Kelgusi yillarda yangi IT-xablar, tadqiqot markazlari tashkil etish va IT Park rezidentlari sonini ikki barobarga oshirish rejalashtirilgan.

"Biz allaqachon Yaponiya biznesi, akademik hamjamiyati va moliya institutlari bilan keng ko‘lamli investitsiyalar bo‘yicha muzokaralar olib bormoqdamiz. Yaqin yillarda O‘zbekistondan Yaponiyaga IT-xizmatlar eksporti hajmi sezilarli darajada oshishini kutmoqdamiz," - dedi Sakurai Akixiro.

Shunday qilib, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilib, O‘zbekistonning IT-landshaftini o‘zgartirish va Yaponiyaning Markaziy Osiyodagi texnologik ta’sirini kengaytirishni va’da qildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing