Yaponiya Rossiya bilan tinchlik shartnomasini tuzmoqchi

Dunyo

Ukrainadagi vaziyat sababli Tokio Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etgan edi. Unga javoban Rossiya Yaponiya bilan tinchlik shartnomasi bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatib, Tokio hamda Janubiy Kuril orollarida qo‘shma iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha muzokaralardan chiqib ketgan edi. Shu bir bir qatorda Rossiya Yaponiyaning Qora dengiz iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasidagi sektorial muloqot uchun hamkorlik maqomini uzaytirishni bloklagan.

Yaponiya Rossiya bilan tinchlik shartnomasini tuzmoqchi
Yuqoridagi holatlardan anglashilganidek "Ukraina mojarolari"dan so'ng Rossiya va Yaponiya o'rtasidagi munosabat taranglashgan holatda edi. Ushbu vaziyatni yumshatish va o'zaro tinchlik shartnomasini tuzish maqsadida Yaponiya bosh vaziri bir necha bor tashabbus bilan chiqdi.

Yaponiya Bosh vaziri Shigeru Isiba, Rossiya bilan "Territorial masalani hal etish va tinchlik shartnomasini tuzish" uchun muzokaralarni davom ettirayotganini, hukumat rahbari parlamentda o'z nutqida ma’lum qildi.

Yaponiya Bosh vaziri parlamentda nutq so‘zlar ekan, Ukraina va Rossiya sanksiyalari haqida hech narsa demadi. Yaponiyada AQShning raketa qo‘llaniladigan tizimlarini joylashtirish rejalari yo‘qligini aytib o'tgan. U "Yaponiya-Rossiya munosabatlari og‘ir ahvolda, ammo bizning mamlakatimiz territoriya masalasini hal qilish va tinchlik shartnomasini tuzish yo‘lini davom ettiradi", - dedi. Isiba bu so‘zlarni avval oktabr oyida parlamentda birinchi marta nutq so‘zlaganda ma'lum qilgan edi.

Moskvа va Tokio o‘tmishda, ikkinchi jahon urushining yakunlari bo‘yicha tinchlik shartnomasi tuzish maqsadida muzokaralar olib borgan. Bu yo‘ldagi asosiy to‘siq esa Kuril orollarining janubiy qismi ustidagi huquqlar bo‘yicha kelishmovchiliklardir.

Urush tugagandan so‘ng, butun orol arxipelagi Sovet Ittifoqining tarkibiga kiritilgan, ammo Yaponiya Iturup, Kunashir, Shikotan va bir qator kichik yashamaydigan orollarni o‘ziga tegishli deb hisoblaydi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bir necha bor bu hududlar ustidagi Rossiya suvereniteti xalqaro-huquqiy nuqtai nazardan tasdiqlanganligini va uni shubha ostiga qo‘yish mumkin emasligini ta'kidlagan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing