Yerni 20 yil ichidagi eng kuchli magnit bo‘roni qopladi

Dunyo

Sayyoramizda oxirgi 20 yil ichida eng kuchli geomagnit bo‘roni boshlandi.

Yerni 20 yil ichidagi eng kuchli magnit bo‘roni qopladi
Geomagnit bo’ronlar kecha kechqurun boshlandi, bugun esa eng yuqori cho'qqisiga chiqdi va butun dam olish kunlari davom etadi. Tunda u besh balli shkala bo'yicha 5-darajaga yetishga ulgurdi. Bunday kuchli "quyosh bo'roni" 20 yildan beri sodir bo'lmagan va olimlar bu misli ko’rilmagan hodisa ekanligiga qo’shilmoqdalar.

So’nggi marta eng kuchli geomagnit bo’roni 2003-yil oktyabr oyida kuzatilgan edi. Bu bo'ron esa undan oshib ketishi kutilmoqda.

G5 darajasidagi geomagnit bo'roni paytida elektr inshootlari, sun'iy yo'ldoshlar, sun'iy yo'ldosh navigatsiyasi bilan bog'liq muammolar paydo bo'lishi mumkin, ob-havoga sezgir bo'lgan odamlarning sog'lig'i haqida gapirmasa ham bo’ladi.

Dam olish kunlarida qolgan emissiyalarning kelishi kutilmoqda, ularning barchasi juda kuchli.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing